Port’era va qalin pardalarni yuvish Toshkentda
Narxi: 1 kv.m — 8 000 so‘mdan
Qalin pardalar o‘ziga juda ko‘p chang yig‘adi — ayniqsa yotoqxona va mehmonxonada. Bu chang allergiyaga sabab bo‘lishi mumkin, shuning uchun port’eralarni yiliga kamida 1–2 marta yuvish tavsiya qilinadi.
Blackout, baxmal, jakkard va zardo‘zi pardalarni matoning yorlig‘iga qarab yuvamiz: rang o‘chmasligi va mato kirishib qolmasligi uchun maxsus vositalar va mos harorat tanlanadi.
Og‘ir pardalarni o‘zingiz yechib, olib borishingiz shart emas — usta kelib yechib oladi va yuvilgandan keyin qaytadan ilib beradi.
Ish jarayoni
- 1
Usta kelib yechadi
- 2
Mato turini aniqlash
- 3
Mos rejimda yuvish
- 4
Quritish va dazmollash
- 5
Qaytadan ilib berish
Ko‘p beriladigan savollar
Necha kunda tayyor bo‘ladi?
Odatda 2–3 kun. Shoshilinch buyurtmani 24 soatda bajarishimiz mumkin.
Pardani o‘zim yechishim kerakmi?
Yo‘q. Usta kelib bepul yechadi va yuvilgandan keyin qaytadan bepul ilib beradi.
Qaysi tumanlarga borasizlar?
Toshkent shahrining barcha tumanlariga va Toshkent viloyatining yaqin hududlariga.
Ariza qoldiring
15 daqiqa ichida qo‘ng‘iroq qilib, vaqtni kelishamiz.