Pardani bepul yechib, olib ketamiz va qaytarib ilib beramiz
Narxi: Bepul
Pardani yechish, yuvish, dazmollash va qaytadan ilish — bir kunlik ish. Biz bu ishni to‘liq o‘zimizga olamiz va yechish, olib ketish hamda ilib berish uchun pul olmaymiz: siz faqat yuvish uchun to‘laysiz.
Usta kelishilgan vaqtda keladi, pardalarni ehtiyotkorlik bilan yechadi va o‘lchaydi — narx joyida aniq aytiladi. Odatda 2–3 kunda pardalar toza va dazmollangan holda qaytariladi.
Ilib berishda ilgaklar va karnizni ham tekshiramiz — kerak bo‘lsa, yangi ilgaklar qo‘yib beramiz.
Ish jarayoni
- 1
Qo‘ng‘iroq yoki ariza
- 2
Usta keladi va o‘lchaydi
- 3
Sexda yuvish
- 4
2–3 kunda qaytarib ilish
Ko‘p beriladigan savollar
Necha kunda tayyor bo‘ladi?
Odatda 2–3 kun. Shoshilinch buyurtmani 24 soatda bajarishimiz mumkin.
Pardani o‘zim yechishim kerakmi?
Yo‘q. Usta kelib bepul yechadi va yuvilgandan keyin qaytadan bepul ilib beradi.
Qaysi tumanlarga borasizlar?
Toshkent shahrining barcha tumanlariga va Toshkent viloyatining yaqin hududlariga.
Ariza qoldiring
15 daqiqa ichida qo‘ng‘iroq qilib, vaqtni kelishamiz.